Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2016 yilda parrandachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 4 milliard 802 million so‘mlik 45 loyiha amalga oshirildi, 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Yil davomida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 3 million 330 mingdan ziyod tovuq parvarishlanib, 240 million donaga yaqin tuxum etishtirildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Amudaryo tumanida umumiy qiymati 285 million so‘mlik 6 loyiha amalga oshirildi. Natijada qo‘shimcha ravishda 19 ming bosh parranda boqish imkoniyati yaratildi va 28 yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Ayni paytda tumandagi 8 parrandachilik sub’ektida 600 mingdan ziyod parranda parvarishlanmoqda. O‘tgan yili ularda 9 tonna parhez go‘sht, 185 ming dona tuxum va inkubatorlarda minglab jo‘ja etishtirildi.
Xabarda aytilishicha, har bir oilada parranda bo‘lishini ta’minlash maqsadida 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatilgan. Bu aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, dasturxon to‘kinligini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi