Janubiy koreyalik rassom Lim Ok San bugun mamlakat prezidentiga qarshi antiqa norozilik namoyishi tashkillashtirmoqchi. Bu aksiya davomida Seulning markaziy ko‘chasi bo‘ylab yoyilgan yarim kilometrlik qog‘oz rulonida barcha istaganlar mamlakatda avj olgan korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq holda mamlakat prezidenti Pak Kin Xega o‘z munosabatlarini bildira olishlari mumkin bo‘ladi.
YTN telekanalining ma’lum qilishicha, rassom 500 metrlik qog‘oz polotnoni "Xalq ovozi" deb atagan. Rassomning g‘oyasiga ko‘ra, aksiya vaqtida Seulda o‘tkazilishi kutilayotgan ommaviy noroziliklar ishtirokchilari yozuvlar-shiorlar bitilgan ushbu ulkan polotnoni Kvanxvamun markaziy darvozalaridan prezidentning "Chxonvade" qarorgohigacha olib o‘tishlari kutilmoqda. Polisiya namoyishchilarga prezident qarorgohigacha 200 metrdan yaqinroqqa borishga ruxsat bermasligi sababli polotno uzoqdan ko‘rinarli bo‘lishi sababli bunday katta o‘lchamda tayyorlanmoqda.
Janubiy Koreya OAV ma’lum qilishicha, 26 noyabrda prezident impichmenti talab qilinadigan namoyishda 2 mln ga yaqin odam ishtirok etishi kutilmoqda. "Ryonxap" axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyish o‘tkaziladigan joyga 25 ming polisiyachi jalb qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi