Xalq orasida Odilboy deb ataluvchi yirik tadbirkor, “Zeromaks” shirkatining bosh ijrochi direktori Mirodil Jalolov ozodlikka chiqarilgan. Manbalarning etkazishicha 4 dekabr kuni soat 11larda Jalolov sud zalidan ozod etilgan va Toshkentdagi hovlisiga jo‘nab ketgan. Bu haqda Sof.uz sayti va boshqa bir qator nashrlar yozmoqda.
Intenet tarmog‘ida tarqalgan sud ajrimi nusxasida “Sudlanuvchi Djalolov Mirodil Sabitovichga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilsin va unga nisbatan munosib xulq-atvorli bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilsin. Djalolov Mirodil Sabitovich darhol sud zalida qamoqdan ozod qilinsin” deb yozilgan.
2010 yilda iqtisodiy jinoyatlar sodir etganligi aybi bilan qamoqqa olingan Mirodil Jalolov Shveysariyada qayd etilgan yirik "Zeromax" kompaniyasi rahbari sifatida ish olib borgandi. U shuningdek, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi