17 dekabr kuni Abu-Dabida (BAA) Osiyo boks konfederasiyasi (OBK) Ijroiya qo‘mitasining har yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish doirasida kadrlar masalasi ham ko‘rib chiqildi, deb xabar qildi «Gazeta.uz» nashri.
Qo‘mita a’zolari kadrlarni tayinlash, yil yakunlari, 2017 yilda mintaqaviy sport tadbirlarini tashkil etish hamda moliyaviy masalalarni muhokama etdi.
O‘zbekiston Boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov OBK vise-prezidenti etib tayinlandi. Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari-2020 da Osiyo konfederasiyasi tibbiy komissiyasi bilan hamkorlik olib borish va faoliyatini muvofiqlashtirish uning asosiy vazifalari qatoridan o‘rin olgan.
19−20 dekabr kunlari Lozannada (Shveysariya) Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA) Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Unda OBK Ijroiya qo‘mitasi a’zolari ham ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi