Tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open–2017 musobaqasining uchinchi davrasida jahon reytingida 117-o‘rinda borayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin ispaniyalik tennischi, dunyoning 31-raketkasi Pablo Karreno Bustaga qarshi kortga chiqdi.
Uch yarim soat davom etgan bellashuvda Denis Istomin 5 setda – 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, faoliyatida birinchi marta Australian Open turnirining nimchorak finaliga chiqdi.
Denis Istomin birinchi davrada xorvatiyalik Ivan Dodichni 4 setda – 6:1, 6:4, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi davrada esa O‘zbekiston vakili dunyoning 2-raketkasi Novak Jokovichni sensasion tarzda taslim qilgandi.
30 yoshli tennischi nimchorak finalda bolgariyalik Grigor Dimitrov (15-raketka) va fransiyalik Rishar Gaske (18-raketka) uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin natijasidan qat’i nazar Istomin 165 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi