Odnoklassniki OAVlar muharirlariga chop etadigan yangiliklarida foydalanishi uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kontentini qidirish imkonini beruvchi «OK Live OAVlar uchun» xizmatini ishga tushirdi. Yangi xizmat nafaqat Rossiya, balki butun dunyo bo‘ylab ishga tushdi.
Xizmat ijtimoiy tizimning veb-sayt ko‘rinishida ishlaydi. U dunyoning interaktiv haritasi, foydalanuvchilarning va guruhlarning ommabop onlayn-videolari, yozuvlar arxivi, kalit so‘zlar, videoning nomi, geografik koordinatalar bo‘yicha qidiruvdan iborat. Bu jurnalistlarga tezlik bilan voqea sodir bo‘lgan erdan noyob kontentga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Xizmat ishga tushirlganligining sababi foydalanuvchilar tomonidan olinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar sonining oshishi va shunga o‘xshash jonli video uzatish xizmatlaridan farqli o‘laroq qo‘rsatilgan videoni saqlash va jonli translyasiyadan so‘ng qayta ko‘rsatish imkoniyati borligidir. “OK Live” ilovasida olingan video hox ijtimoiy tizimda, hox saytda namoyish qilinishi mumkin. “Embed” video to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastlabki manbaga – videoning muallifi va joylashtirilgan erga havola beradi.
Anastasiya Jbanova, Odnoklassniki loyihasining matbuot xizmati rahbari:
“OK foydalanuvchilari uchun translyasiyaning asosiy ssenariylaridan biri bu — voqealik joyida bevosita bo‘lish. Bunday videolar tezlik bilan “virusli” videoga aylanib tezda OKning ommobop videolar qatoridan joy oladi. Bizning fikrimizcha bunday kontent o‘zining tezkorligi va voqealikni ob’ektiv tarzda ko‘rsatishi bilan qimmatli” “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda