AQShning Apple kompaniyasi 10 nanometrli texnologiya asosida tayyorlanadigan prosessorlarni ishlab chiqarishdagi past ish koeffisienti tufayli navbatdagi iPad planshetlarining namoyishini kechiktirishi mumkin. Bu haqda Terabayt.uz sayti xabar berdi.
Yangi planshetlarning taqdimoti 2017 yilning mart oyiga rejalangan edi. Biroq 10 nm texnologiyasidagi chiplarni tayyorlaydigan TSMC (Taiwan Semiconductor Manufacturing Company) va Samsung kompaniyalari ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
TSMC 10 nanometrli Apple A10X chiplarini kelgusi yilning mart oyida yalpi tartibda ishlab chiqarishni boshlashi kerak edi, ammo past ish koeffisienti sabab ushbu grafik buzilganligi aytilmoqda.
Avvalroq paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Apple 2017 yilda 9,7 va 12,9 dyuymli yangi iPad Pro, shuningdek, 7,9 dyuymli iPad mini va ingichka ramkali Home tugmasidan xoli 10,9 dyuymli iPad planshetlarini taqdim qilishi kutilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi