Foto: Drew Angerer/Getty Images
TikTok yaqin kelajakda yangi TikTok Notes nomli fotosurat almashish ilovasini ishga tushiradi. The Verge ta’kidlaganidek, dastlabki bosqichda xizmat katta ehtimol bilan ilova foydalanuvchilari avval baham ko‘rgan fotosuratlar bilan to‘ldiriladi.
Ijtimoiy tarmoq allaqachon o‘z foydalanuvchilariga bu haqda bildirishnoma yuborgan. Unda aytilishicha, TikTok foydalanuvchilari o‘z xohishiga ko‘ra yangi xizmatdagi postlarni baham ko‘rishi mumkin. Qisqa videolarni yaratish va ko‘rish xizmatiga ega bo‘lgan Xitoyning ByteDance kompaniyasi yangi ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqayotgani haqidagi ma’lumotlar avvalroq, mart oyida paydo bo‘lgan edi.
Shundan so‘ng, kompaniya vakillari «o‘z foydalanuvchilar hamjamiyatiga ushbu formatlar uchun mos bo‘lgan maxsus maydonda o‘z ijodini, shu jumladan fotosuratlar va matnli postlarni yaratish va baham ko‘rish imkonini berish yo‘llarini o‘rganayotganini» aytdi. Ammo bunday ilovani ishga tushirish vaqti haqida batafsil ma’lumot berilmagan edi.
The Verge qayd etganidek, dastlabki bosqichda TikTok Notes katta ehtimol bilan TikTok foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqda baham ko‘rgan fotosuratlar bilan to‘ldiriladi. Nashrning ta’kidlashicha, yangi ilova ustidagi ishlar deyarli yakunlangan va xizmat yaqin orada rasman ishga tushirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi