12:44 / 30.06.2015
5 888

Beeline Club va Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasining Facebook tarmog‘ida o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi

Beeline Club va Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasining Facebook tarmog‘ida o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi

2015 yil 30 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasi bilan hamkorlikda Facebook‘dagi Beeline Club sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov natijalarini e’lon qiladi. G‘olib va 100 000 so‘mlik vaucher egasiga Alisha Nigmatullina aylandi. Shuningdek tashkilotchilar II va III o‘rinlarni egallagan Tamila Kaminskaya va Indira Shamansurovalarni Lavanderia‘dan 10% chegirmali kartalar bilan rag‘batlantirishga qaror qildilar.

Tanlov 2015 yilning 24 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar (shu kun ham kiradi) o‘tkazildi. G‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 30 iyun kuni chop etildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Tanlovda ishtirok etaman!” deb yozish lozim edi.

Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin.

Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Club va Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasining Facebook tarmog‘ida o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi