9 749
General Do‘stum: “Islom Karimov urush barchamizning tinch hayotimizga tahdid solgan paytda doimo Afg‘oniston xalqi bilan yonma-yon turdi”
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining birinchi o‘rinbosari, Afg‘oniston Milliy islomiy harakati partiyasi raisi va Afg‘oniston turkiy millatlar rahbari, general Abdurashid Do‘stum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bevaqt vafot etgani munosabati bilan ta’ziya izhor etdi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
“Do‘st va birodar O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylarining vafoti haqida qayg‘uli xabardan voqif bo‘ldim. Ushbu maktubim orqali O‘zbekiston Hukumatiga, O‘zbekiston Prezidentining oila a’zolariga hamda do‘st va birodar o‘zbek xalqiga o‘zimning chuqur ta’ziyamni bildirar ekanman, Ollohdan marhumning joylarini jannatdan ato etishini, uning oila a’zolariga va butun o‘zbek xalqiga sabr-bardosh berishini so‘rayman”, deydi general.
Uning so‘lariga ko‘ra, Islom Karimov mintaqa va jahonning nufuzli siymolaridan biri bo‘lib, uzoq yillar davomida o‘z mamlakatining tinchligi va xavfsizligini ta’minlashga hamda har tomonlama taraqqiy topishiga ulkan hissa qo‘shgan.
“U mintaqada yuzaga kelgan o‘ta murakkab vaziyatlarni hal qilishda muhim o‘rin tutdi, turli qiyinchiliklarga ro‘baro‘ bo‘layotgan Afg‘oniston xalqining eng yaqin do‘sti bo‘lib qoldi.
“Men O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafotini O‘zbekiston xalqi va mintaqaning barcha davlatlari uchun katta yo‘qotish, deb bilaman. U kishi oramizda bo‘lmasa-da, xotirasi qalbimizda abadiy saqlanadi.
Islom Karimov Afg‘oniston og‘ir vaziyatga tushganda, mamlakatda yuzaga kelgan urush barchamizning tinch hayotimizga tahdid solgan paytda doimo Afg‘oniston xalqi bilan yonma-yon turdi.
Umidvormanki, bundan keyin ham do‘st va birodar O‘zbekiston xalqi Islom Karimov tomonidan boshlab berilgan va kelajak avlodlarga meros qoldirilgan aniq yo‘lda ziyraklik va jasorat bilan harakatlanadi hamda o‘z mamlakatining tinchligi va xavfsizligini ta’minlaydi”, deydi Abdurashid Do‘stum. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?