«Qit’a Xitoyidagi ko‘chmas mulk qiroli» Van Szyanlinning o‘g‘li, 28 yoshli Van Sisun o‘zining Koko laqabli malamut zotli iti uchun sakkizta iPhone 7 sotib oldi, deb yozadi "TJournal"ga asoslanib "Daryo" nashri.
Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida itning o‘z akkaunti bo‘lib, unga 1,9 million kishi obuna bo‘lgan. iPhone 7 sotuvga chiqqan birinchi kuni itning ichida smartfoni bor deb taxmin qilingan qutilar bilan tushgan surati e’lon qilindi.
Bir yil avval Van Sisun o‘z itiga har biri 12 ming dollarlik ikkita Apple tilla soatlarini olib bergan edi.
Van Sisun — muvaffaqiyatli biznesmen va 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat xitoylik tadbirkorlardan biri. U Singapur va Londonda o‘qigan bo‘lib, Forbes versiyasiga ko‘ra, 24,2 milliard dollar davlati bilan Xitoydagi eng boy kishi bo‘lgan otasining yagona merosxo‘ridir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi