«Real» va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgach o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«To‘rtinchi «Oltin to‘p»ni olish men uchun katta sharaf. Xuddi birinchi marta yutib olayotgandek ehtiroslarni his qilyapman. Orzum yana amalga oshdi. Bu sovrinni to‘rt marta olaman deb tasavvur ham qilolmaganman. Judayam mamnunman, baxtliman. Bu sovrinni yutib olishda menga yordam bergan jamoadoshlarimga, Portugaliya terma jamoasiga, «Real» klubiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Albatta bunday chiroyli sovringa ega bo‘lganimdan baxtiyorman.
Men uchun shaxsiy sovrinlar ham, jamoaviy sovrinlar ham muhim. Har doimgidek eng yaxshi o‘yinimni namoyish etishda davom qilaman. Har bir yangi yil – men uchun yangi chaqiriq, yangi sinov va menga futbol o‘ynash yoqadi.
Birinchi navbatda «Real» bilan g‘alaba qozonishga harakat qilaman, chunki bu meni klubim. Shuningdek Portugaliya terma jamoasi bilan muvaffaqiyat qozonishni istayman, ammo bu juda qiyin. «Oltin to‘p»ni yutib olish oson emas va men bu sovrindan xursandman.
Men uchun ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman. «Real» va Portugaliya termasidagi jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Bu sovrin «Real» uchundir. Rahmat» - dedi Ronaldu. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi