Endilikda «Krasnodar»ning sobiq futbolchisi hisoblanadigan, bugun rasman Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi a’zosiga aylangan Odil Ahmedov nima uchun faoliyatini Xitoyda davom ettirishga qaror qilgani haqidagi savolga javob berdi, deb yozadi Trubina.uz sayti.
«Menda nafaqat Xitoy ligasidan, balki Evropa jamoalaridan ham takliflar bor edi. Men barchasini ko‘rib chiqib, Xitoy klubi taklifini qabul qildim. Men «Krasnodar»ga foyda keltirish haqida o‘yladim. Men Xitoy chempionatiga o‘tishni — professional nuqtai nazardan ortga qadam tashlash deb o‘ylamayman. Hozirda bu chempionatda dunyoning etakchi futbolchilari o‘ynashmoqda hamda bu liga jamoalarini eng yaxshi murabbiylar boshqarishmoqda.
Xususan, men qaror qabul qilishdan oldin Villash-Boash bilan gaplashdim. U menga jamoadagi vaziyatni va men bu klubda egallaydigan o‘rinni tushuntirib berdi. «Shanxay SIPG»ga o‘tishim milliy terma jamoaga ham yaxshi bo‘ladi. Murabbiylar shtabi mening o‘yinimni kuzatib borishadi.
Afsuski, jamoa bilan xayrlashishga ulgurmadim. Boisi, ta’til boshida Krasnodardan jo‘nab ketgandim. Shartnoma imzolashdan oldin Sergey Galiskiy menga ko‘ng‘iroq qildi, bir-birimizga omad tiladik. Men hisoblaymanki, Sergey Nikolaevich kabi insonlar Rossiya futboliga kerak. U Rossiya futboli uchun ko‘p ish qilmoqda, mamlakat futboli haqida ko‘p qayg‘urmoqda. U o‘z jamoasi bilan Rossiya chempioni bo‘lishini tilayman. U bunga munosib», — deya Ahmedovning so‘zlarini keltirgan TASS. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi