“MIT.uz” — milliy internet tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda tanlovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.
To‘rtinchi marta o‘tkazilayotgan tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan veb-dasturchi, dizayner, robototexnik, jurnalistlar hamda blogerlar qatnashishi mumkin. Tanlovga faoliyat ko‘rsatayotgan yoki 2016 yil 1 sentyabrgacha internet tarmog‘iga joylashtirilishi rejalashtirilgan saytlar taqdim etiladi. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan saytlar miqdori cheklanmagan.
Tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Asosiy nominasiyalar:
- O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt;
- Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt;
- Davlat tilidagi eng yaxshi sayt;
- Eng yaxshi yangiliklar sayti;
- O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;
- O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;
- Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt;
- Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt;
- Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt;
- Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt;
- O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt.
Qo‘shimcha nominasiyalar:
- Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt
- Sport sohasida eng yaxshi sayt
- Eng yaxshi shaxsiy blog
- Eng yaxshi sayt dizayni
- Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt
- Mobil aloqa vositalari uchun mo‘ljallangan eng yaxshi dastur
Tanlovning nizomida qayd etilishicha, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etadi. Tanlov uch bosqich (tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, g‘olib va sovrindorlarni saralash hamda taqdirlash)da o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan belgilanadi va www.mit.uz saytida e’lon qilinadi.
Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchisi arizani topshirishdan oldin tanlov nizomi bilan to‘liq tanishib chiqishi va unda ko‘rsatilgan talablar hamda qoidalar asosida arizani to‘ldirilish lozim. Ishtirokchilar arizani tanlovning www.mit.uz rasmiy veb-sahifasi va @MITUZBOT telegram boti orqali to‘ldirishi yoki [email protected] elektron pochtasiga yuborishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi