Endilikda sizda xususiylashtirish yoki davlat ob’ektlarini ijaraga olish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, birja, rieltorlik faoliyati yoki boshqa masalalar yuzasidan murojaat va shikoyatingiz bo‘lsa, “Online.gkk.uz” yoki “Onlineqabul.gkk.uz” saytlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Bugun, 7 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘zining virtual qabulxonasini ishga tushirdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti ma’lum qildi.
Virtual qabulxonaga kelib tushgan barcha murojaat va shikoyatlar muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Shu sayt orqali murojaatlarning natijasini ham bilib olish mumkin.
Fuqarolarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 239-21-37 raqamli “Ishonch telefoni” orqali ham qabul qilinadi.
Xozirgacha iste’molchilar orasida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel.uz” guruhi ancha ommalashgandi. Endilikda turli vaziyatlar bilan murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar Virtual qabulxona orqali muammolariga echim topsalar, ajab emas. Ko‘ramiz, qabulxona fuqarolar manfaatlarini himoya qilishni qanchalik uddalarkin.. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi