Apple kompaniyasi oktyabr oyida App Store resursidan keraksiz va qoidalarga javob bermaydigan 47 300 ta ilovani o‘chirib tashlagan. Ushbu ko‘rsatkich kompaniya 2016 yilda bir oy mobaynida do‘kondan o‘chirgan ilovalar miqdoridan 3 marta ko‘proqdir (odatda, Apple oyiga 14 mingta ilovani o‘chirardi).
Eng ko‘p ilovalar “O‘yinlar” bo‘limidan o‘chirilgan bo‘lib, jami olib tashlangan ilovalarning 28 foizini tashkil qilgan. Keyingi o‘rinlarni “Ko‘ngil ochish” (8,99 %), “Kitoblar” (8,96%) va “Ta’lim” (7%) bo‘limlari egallagan. O‘chirilgan ilovalarning qariyb yarmi 2015 yilning may oyidan beri yangilanmagan.
Apple’ning ta’kidlashicha, App Store’da har hafta taxminan 100 mingga yaqin yangi va yangilangan ilovalar paydo bo‘ladi. Do‘kondagi ilovalarning jami soni 2 million atrofida. 2020 yilga borib ushbu miqdor 5 millionga etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi