19 aprel kuni Whatsapp messenjerining asoschilaridan biri Yan Kum mart oyida uning xizmatchilaridan 800 mln kishi foydalanganini ma’lum qildi. O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan foydalanuvchilar soni 30 foizga ko‘paygan. Ekspertlarning fikricha, 2015 yil oxiriga kelib messenjerdan oyiga 1 mlrd kishi foydalanadi, deb yozadi Kun.uz.
Ma’lum qilinishicha, Whatsapp foydalanuvchilari soni har chorakda 100 mln ga ko‘payib bormoqda. Jumladan, o‘tgan oyning avgust oyida uning xizmatidan 600 mln kishi foydalanayotgan edi.
O‘tgan yili Whatsapp Facebook kompaniyasi tomonidan 19 mlrd dollarga sotib olingan edi. Bu ham ma’lum darajada messenjerning mashhurligini oshirdi.
2015 yil martida messenjerning Android versiyasi foydalanuvchilari ovozli qo‘ng‘iroqni amalga oshirishi imkoniyatiga bo‘ldilar. Kompaniya vakillari o‘z mijozlarini tez orada Windows Phone va iOS versiyalarida ham shunday imkoniyatlar paydo bo‘lishiga ishontirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi