UMS kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga chuqur minnatdorchilik va hurmat ila ularning o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan to‘laqonli faol suhbatlashishlari uchun mo‘ljallangan “Veteran” tarifini joriy qilmoqda, deb yozadi Kun.uz.
Faxriylar bu tarifga ulanib, abonent to‘lovisiz, oyiga 200 daqiqa bepul chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va istalgan miqdorda kiruvchi qo‘ng‘iroqlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi kurashchilarining yorqin xotirasini yod etish, keksalarga e’tibor berish va ularni hurmat qilish O‘zbekiston xalqining ma’naviy qadriyati hisoblanadi. UMS kompaniyasi qahramon yurdoshlariga farzandlari, nabiralari, safdoshlari, do‘stlari bilan bemalol gaplashish hamda ulardan qo‘llab-quvvatlash va minnatdorchilik so‘zlarini olish imkoniyatini tuhfa qilish kompaniya uchun katta sharafdir”, – deb aytiladi kompaniya xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi