Suriyada jangarilar uch nafar turkiyalik harbiyni o‘ldirdi. Bu haqda 9 sentyabrda Turkiya qurolli kuchlari bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi, deyiladi "Kun" nashrida.
Yana bir turkiyalik harbiy yarador bo‘lgan. Jang tafsilotlari noma’lum. Faqatgina turkiyalik harbiylar tanki jangarilar tomonidan otilgan raketa bilan nishonga urilgani ma’lum qilingan.
O‘z navbatida turkiyalik harbiylar havodan jangarilar tomonidan ishlatiluvchi 4 ta inshootni yo‘q qilishgan.
Bu qurbonlar Turkiya armiyasining Suriya hududidagi janglardagi birinchi qurbonlari emas. 6 sentyabrda Suriyaning Al-Vaqf qishlog‘i yaqinidagi jangda ikki nafar turk askari halok bo‘lgan va yana besh nafari yaralangan. Jangarilar raketa yordamida Ozod Suriya armiyasi otryadlari hujumini qo‘llab-quvvatlagan turk armiyasining ikki tankini nishonga urishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?