Janubiy Koreyada Chxve Sun Sil ustidan sud jarayoni boshlandi. U bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qilinishiga olib kelgandi, deya yozmoqda «Daryo».
Dastlabki eshituvlar Seul okrug sudida bo‘lib o‘tmoqda. Sudning birinchi yig‘ilishini Janubiy Koreya televideniesi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etmoqda. Chxve Sun Sil va prezidentning ikki sobiq kotibiga qarshi ayblovlar o‘tgan oyda ilgari surilgandi.
Chxve Sun Sil hech qanday lavozimlarni egallamagan, biroq prezidentning dugonasi Pak Kin Xe bilan yaqinligidan davlat ishlariga aralashish va shaxsiy boyish maqsadida foydalangani, shu tariqa yirik kompaniyalardan millionlab dollar olgani bildirilmoqda.
Mamlakatda prezidentlik vakolati vaqtincha bosh vazir Xvan Gyo Anga topshirilgan. Pak Kin Xening kelgusi taqdirini Konstitusiyaviy sud hal qilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”