Ravon R2 va Ravon Matiz jahon reytingidan joy oldi

Avto 12-01-2017, 13:42 1 541
Ravon R2 ва Ravon Matiz жаҳон рейтингидан жой олди

2016 yilda Ravon R2 va Ravon Matiz mos ravishda 22,4 va 17,6 ming dona sotilgan, shu tarzda GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan A toifadagi har ikki avtomobil jahon eng ommabop modellar reytingining TOP-50taligidan joy oldi. Ravon R2 reytingda 43-, Ravon Matiz 47-o‘rinda joylashgan.

Chevrolet Spark bazasida ishlab chiqarilgan Ravon R2 sotuvi 2015 yildagiga nisbatan 2,5 baravardan ko‘proqqa oshgan. Ravon Matizga bo‘lgan talab esa 5 baravarga ko‘paygan.

Umuman olganda, 2016 yil natijalariga ko‘ra jahon avtobozorida 4,3 million dona A toifadagi avtomobil sotilgan. Shahar avtomobillariga bo‘lgan talab 8 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, shahar avtomobili bu uzunligi 3700 mmdan qisqa bo‘lgan kichik modeldir.


Zamin.uz ning Twitter’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘lib, yangiliklardan xabardor bo‘ling.