9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida dahshatli avtohalokat yuz bergani haqida xabar bergan edik. YTH haqida ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar tarqatilgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tib mazkur avtohalokatga aloqador fotosuratlar tarqaldi.
Suratlarda aks etganidek, Spark hamda Matiz avtomobillari deyarli temir-tersakka aylangan. Voqeadan bexabar inson ham fotosuratlarni ko‘rishi bilan, halokatdan so‘ng biror kishi tirik qolmaganini anglashi qiyin emas.
Eslatib o‘tamiz, Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi vafot etgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan o‘nlab kishilar ana shunday ma’lumotni etkazishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ayrim manbalarda avtohalokat 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Hozircha Ichki ishlar vazirligi bu voqea yuzasidan hech qanday izoh bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”