Endi yengil avtomobillar va mototransport vositalarini 30 kunga ijaraga berishni notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 26 iyul kuni imzolangan “Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida o‘z ifodasini topdi.
Mazkur hujjat bilan bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq endilikda avtomototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash shart emas.
Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin.
Mazkur o‘zgartirish Adliya vazirligi tomonidan ijara bozorini rivojlantirish, jumladan, ichki va tashqi turistlar uchun avtomobil turizmini ustuvor rivojlantirish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida taklif etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”