O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev «Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti xabar berdi.
Endilikda:
— savdo avtomatlari orqali;
— bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentiga kiruvchi boshqa tovarlarni imitasiya qiluvchi (shularga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa) alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, savdo qilinayotgan joylarda yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga uni sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmagan hollarda;
alkogolli mahsulotlarning tarasida alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish inson sog‘lig‘iga zararli ta’sir qilishi to‘g‘risida matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmagan hollarda ham ularni sotish mumkin bo‘lmaydi.
Yana bir qo‘shimchaga ko‘ra, «Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvchi yigirma yoshdan kichikroq ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulot sotishni rad etishi shart» “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi