Ayni kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
Xonandaning konsertini tomosha qilish va uni qutlash maqsadida ko‘plab muxlislari qatori shou-biznesning taniqli vakillari ham tashrif buyurmoqda. “Nihol” mukofoti sovrindori Doston Ubaydullaev ham hamkasbining konsertiga tashrif buyurib, Rahmatullaevning onasiga gul taqdim etdi.
Ayni holat tasvirlangan suratni Ubaydullaev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirarkan, marhum onasini xotirladi, o‘z konsertida onasiga gul taqdim etish nasib etmaganini aytdi.
“Onam olamdan o‘tib ketganlariga qariyb 23 yil bo‘ldi. Yaratgan rahmatiga olgan bo‘lsin. O‘zim konsert berganimda, onam yonimda bo‘lsalar, gul bersam, degan armonim bor edi. Bugun do‘stim Ulug‘bek Rahmatullaev menga bu imkoniyatni berdi. Do‘stimning onasiga gul berdim va bu orzum ushaldi. Do‘stimning onasi mening ham onam emasmi...”, deb yozadi Doston Ubaydullaev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda