Ijodkor Alisher Uzoqov bugungi kun aktyorlik maktabi haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Darakchi» gazetasi'ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Yosh, iqtidorli aktyorlar kamayib ketyapti, – deb gap boshladi Alisher Uzoqov. – Yaqinda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga borib, ma’muriyatga uchrashib, ‘Men talabalarga dars bermoqchiman, 4 yil ichida kino uchun kamida ikki nafardan yaxshi aktrisa va aktyor chiqarib beraman’, – deb aytdim.
O‘zbek kinosida porlagan so‘nggi yulduzlar – Farrux Soipov, Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabovlardan keyin pichoqqa ilinadiganlardan oxirgisi men bo‘lsam kerak. Bundan xursand bo‘lmayman, aksincha, yangi qahramonlar chiqmayotganidan afsusdaman.
30 yoshga kirdim, ikki farzandli bo‘ldim. Sochim ham to‘kilib, qiyofam ancha o‘zgargan. Xohlaymanmi, yo‘qmi endi 18 yoshli yigit rolini o‘ynolmayman. Boshqa tengqurlarimda ham xuddi shunday jarayon kechyapti. Kinomizga yangi qahramonlar, yangi chehralar kerak.
Yangi filmim uchun uzoq vaqt davomida aktyor qidirdim. O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutidan ham o‘zim xohlagan aktyorni topa olmadim. Oxiri o‘sha rolni o‘zim o‘ynashga majbur bo‘ldim. Aslida bu filmda umuman ko‘rinmoqchi emasdim». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi