17:08 / 09.02.2017
6 288

Beyonsedan mualliflik huquqini buzganligi uchun 26 million dollar talab qilindi

Beyonsedan mualliflik huquqini buzganligi uchun 26 million dollar talab qilindi

AQShda amerikalik qo‘shiqchi Beyonsega qarshi sudga da’vo kiritildi. U mualliflik huquqini buzishda va qo‘shiqlaridan birida boshqa odamning intellektual mulkidan foydalanishda ayblanmoqda. Bu haqda 8 fevral, chorshanba kuni NBC telekanali ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

Qo‘shiqchiga qarshi da’vo 2010 yilda o‘ldirilgan amerikalik rep-qo‘shiqchi Messi Mayaning (haqiqiy ismi Entoni Barre) merosxo‘rlari tomonidan Yangi Orlean (Luiziana shtati) sudiga kiritildi. Da’voda ta’kidlanishicha, Beyonsening Formation deb nomlangan qo‘shig‘ida Mayaning so‘zlaridan ruxsatsiz foydalanilgan. Maya ularni YouTube’ga joylangan videoyozuvlardan birida aytgan.

Da’vogarlar, shuningdek, Formation qo‘shig‘iga ishlangan videoklip reperning mualliflik huquqi bilan himoyalangan ba’zi chiqishlari va ishlariga juda o‘xshashligini ta’kidlamoqda. NBC telekanalining ma’lum qilishicha, Mayaning vakillari 26 million dollar miqdoridagi tovon puli, shuningdek, reperni Formation qo‘shig‘ining hammuallifi deb topilishini talab qilmoqda.

Beyonsening Formation qo‘shig‘i «Gremmi»ning bir nechta mukofotlariga nomzodlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Beyonsedan mualliflik huquqini buzganligi uchun 26 million dollar talab qilindi