Xabar berganimizdek, kecha, 2 iyun kuni “O‘zbekkonsert” DM majlislar zalida tanqidiy ruhda majlis o‘tkazildi.
Ushbu majlis davomida ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar ham sohaga oid fikrlarini bildirib o‘tdilar. Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov “sun’iy” xonandalarni “sanoatkorlar”ga o‘xshatdi.
“Bugungi globallashuv jarayoni, texnika asrida san’atkorlarimiz studiyalarga borib, ovozini maxsus texnikalar orqali o‘zgartirib kelishayotgani hech kimga sir emas. San’atkorlarning sanoatkorlardan farqi qolmadi. Ehtimol, bu haqda erkak kishi gapirishi kerak emasdir, lekin oramizdagi ijodkor ayollar lablarini peshonasigacha shishirib, televideniega chiqayotganlar xalqni nimaga boshlamoqchi? Qaysi tomonlama o‘rnak bo‘lishmoqchi, tushunmadim. Shaxsan mening qizim, ayolim bunday bo‘lishini xohlamayman. El orasida hurmatimiz tushib borayotganiga ham mana shunday holatlar sabab bo‘lmoqda. Hammasiga o‘zimiz aybdormiz”, dedi Shuhrat Qayumov.
Shuningdek, xonanda va boshlovchi Shuhrat Qayumov Mustaqillik bayramidagi chiqishlar paytida ayrim hollarda o‘zbek milliy kuyi emas, balki xorijiy taronalar, xususan, eroncha musiqalar yangrayotganini kuyunib ta’kidladi. Vatan sha’ni tantana qilinadigan bayramda o‘z milliy taronasi bo‘lmagan xonandalardan nolidi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi