Olmaotadagi otishma davomida kamida 2 polisiyachi halok bo‘ldi

  • 18 iyul 2016, 12:14
  • 5 456
  • Dunyo
  • Olmaotadagi otishma davomida kamida 2 polisiyachi halok bo‘ldi

    Qozog‘istonning Olmaota shahri markazidagi Almalinsk tumani hududidagi IIV binosi yaqinida yuz bergan otishma oqibatida kamida 2 polisiyachi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda "RIA Novosti"ga asoslanib "Kun" xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, polisiya binosiga bir necha qurollangan shaxs hujum uyushtirgan.

    Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlardan biri qo‘lga tushirilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qiluvchilardan yana biri o‘ldirilgan.

    Otishma mahalliy vaqt bilan 11−11:30 atrofida mahalliy IIB yaqinida yuz bergan.

    Ayni vaqtda shaharda aksilterror amaliyot o‘tkazilmoqda. Shahar ichki ishlar departamenti fuqarolardan uydan chiqmaslik va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq bo‘lishni so‘radi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Olmaotadagi otishma davomida kamida 2 polisiyachi halok bo‘ldi