Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rus geograflari jamiyati (RGO) marosimida ishtirok etdi. Yosh geograflarni taqdirlash marosimi videosi RT saytining YouTube portalidagi kanaliga joylashtirgan, deyiladi Kun nashrida.
Marosim yakunida boshlovchi Valdis Pelsh sahnaga 9 yoshli Miroslav Oskirko va 5 yoshli Timofey Soyni chaqirgan.
Rossiya rahbari bolalardan birini so‘roqqa tutib, Uagadugu shahri qaysi davlat poytaxti ekanini so‘ragan. Bola esa «Burkina-Faso» javobini aytgan. Putin savolni davom ettirib, bu davlat avval qanday nomda bo‘lganini so‘ragan. Timofey avvaliga ikkilanib turgan, keyin esa: «Qanaqadir yuqori» deya javob qaytargan. Prezident «Volta» so‘zini qo‘shgan va bolakayni maqtagan.
Sahnadagi ikkinchi bola Miroslav esa Rossiya prezidentiga geografiyani yaxshi bilishi, barcha davlatlar chegaralarini aniq hisoblay olishini aytgan». Putin esa undan Rossiyaning chegarasi qayerda tugashini so‘ragan. Bola Rossiya chegarasi narigi tomonida «AQSh joylashgan» Bering bo‘g‘oziga qadar cho‘zilganini aytgan.
«Rossiya chegarasi hech qayerda tugamaydi!» — degan bunga javoban Putin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi