AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatining boshqa davlatlar ichki ishiga aralashish siyosatiga barham berish niyatida.
"Tarix saboqlari va barqarorlikka, barcha narsada barqarorlikka ko‘maklashish istagi bizlarni oldinga etaklaydi. Intervensiyalar oqibatida kelib chiqqan boshboshdoqlikning vayron qiluvchi davri, nihoyat tugashi kerak", — degan Tramp Shimoliy Karolinada bo‘lib o‘tgan mitingda.
U, shuningdek, uning ma’muriyati "tuzumlarni ag‘darish" o‘rniga terrorizmga qarshi kurashga tayyor bo‘lgan barcha mamlakatlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
"Biz hech narsani bilmaydigan xorijiy tuzumlarga aralashmasligimiz kerak. Buning o‘rniga biz diqqatimizni IShIDni yo‘qotish va terrorizmga qarshi kurashga qaratishimiz kerak. Va biz shunday qilamiz. Bizning maqsadimizga sherik bo‘lgan har qanday davlat hamkorimiz bo‘ladi, biz buni unutmaymiz. Biz do‘stlikni mustahkamlaymiz va yangi do‘stlar qidiramiz", — degan Donald Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”