13:00 / 25.01.2017
6 147

Xitoyda parranda grippidan to‘qqiz kishi vafot etdi

Xitoyda parranda grippidan to‘qqiz kishi vafot etdi

2017 yilda Xitoyda parranda grippidan (H7N9) kamida to‘qqiz kishi vafot etdi, deb yozadi «Daryo». Bu haqda mahalliy OAVlar shimoliy Xenan, markaziy Xunan va janubiy Guandun provinsiyalari tibbiyot idoralari ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

H7N9 parranda grippi virusini yuqtirish orqali vafot etish holatlarining so‘nggi ikkisi Xenanda qayd etildi, u erda restoranlardan birining ishchilari olamdan ko‘z yumdi.

H7N9 virusi jiddiy nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradi. U qishki va bahorgi davrda osonroq tarqaladi. Joriy yilda Shanxay va Gonkongda xastalanganlar sonining o‘sishi kuzatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda parranda grippidan to‘qqiz kishi vafot etdi