Eron AQSh bilan muzokaralar uchun uchta shart qo'ydi

1 daqiqa o'qish12.7K
Eron AQSh bilan muzokaralar uchun uchta shart qo'ydi

Eron Amerika Qo'shma Shtatlari bilan muzokaralarni qayta tiklash uchun uchta asosiy shartni ilgari surdi. Livan telekanallaridan birining xabar berishicha, Tehron urushning qayta boshlanmasligi bo'yicha kafolat, to'liq yadroviy yoqilg'i sikliga ega bo'lish hamda yetkazilgan zararlar uchun tovon puli to'lanishini talab qilmoqda. Bu haqda tengrinews.kz xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Tel-Aviv ushbu harakatlarning asosiy maqsadi Tehronning yadroviy qurolga ega bo'lishiga yo'l qo'ymaslik ekanini ma'lum qilgan. O'z navbatida, Vashington Eron flotini va mudofaa sanoatini yo'q qilish bilan tahdid qilib, mamlakat fuqarolarini amaldagi rejimni ag'darishga chaqirgan edi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, AQSh va Isroilning Eronga bergan zarbalari oqibatida kamida 1300 kishi halok bo'lgan. Qurbonlar orasida Eronning oliy rahbari Ali Xomenei ham bor. 9 mart kuni Ekspertlar kengashi halok bo'lgan rahbarning o'g'li Mojtaba Xomeneini Eronning yangi oliy rahbari etib tayinladi.

Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra, raketalar nafaqat harbiy ob'yektlarga, balki Eron va mintaqadagi boshqa davlatlarning fuqarolik infratuzilmalariga ham kelib tushmoqda. Bunga javoban Tehron Isroil hududiga hamda Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalariga hujumlar uyushtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?