date

Xark oroli — Eron uchun nega eng muhim strategik nuqta?

Xark oroli — Eron uchun nega eng muhim strategik nuqta?

Xark oroli (Kharg Island) — Fors ko‘rfazida joylashgan kichik orol bo‘lsa-da, Eron neft eksportining asosiy markazi hisoblanadi. Uning ahamiyati bir nechta sababga bog‘liq. Agar Xark oroli ishdan chiqsa, Eronning neft eksporti deyarli to‘xtab qoladi. Harbiy tahlilchilar Xarkni Eron iqtisodining “neft yuragi” deb ataydi.

1. Eron neft eksportining asosiy nuqtasi:

• Eron eksport qiladigan neftning 80–90% qismi aynan shu orol orqali jo‘natiladi;

• Bu yerda yirik neft terminallari, omborlar va tankerlarga yuklash inshootlari joylashgan.

2. Fors ko‘rfazida strategik joylashuv:

• Orol Hurmuz bo‘g‘oziga chiqadigan neft yo‘llariga yaqin joylashgan;

• Bu yerdan tankerlar to‘g‘ridan to‘g‘ri global bozorga neft tashiydi.

3. Yerosti infratuzilma va katta zaxiralar:

• Orolda millionlab barrel neft saqlash omborlari bor;

• Ko‘p infratuzilma yerosti va mustahkam himoyalangan.

4. Agar bu orol vayron qilinsa:

• Eron budjetiga asos bo‘lgan neft daromadlari keskin tushadi;

• Davlat iqtisodi jiddiy zarba oladi.

5. Eron-Iroq urushi (1980-1988) davrida ham:

• Iroq aviatsiyasi aynan Xark oroliga ko‘p marta zarba bergan;

• Chunki bu Eron iqtisodiyotiga eng og‘ir zarba beruvchi nuqta hisoblangan.

Xark oroli Eron neft eksporti markazi, iqtisodiy hayot tomiri, Fors ko‘rfazida strategik logistika nuqtasi hioblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xark oroli — Eron uchun nega eng muhim strategik nuqta?