Dunyodagi eng boy mashhur odam kimligi aniqlandi

Amerikalik mashhur rejissyor, ssenariy muallifi va prodyuser Steven Spielberg dunyodagi eng boy mashhurlar reytingida yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, taniqli rejissyorning umumiy boyligi 7,1 milliard dollarga baholanmoqda. Qayd etilishicha, Spilberg kino tarixidagi eng katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan rejissyorlardan biri sifatida tan olinadi. Shuningdek, u mashhur DreamWorks kinostudiyasining hammuassislaridan biri hisoblanadi.
Ma’lum qilinishicha, rejissyor o‘zining mashhur blokbaster filmlari — Jaws, Indiana Jones hamda Jurassic Park tufayli Universal Studios ko‘ngilochar bog‘larida amalga oshiriladigan savdolardan ham foiz ulushiga ega.
Avvalroq esa mashhur kanadalik rejissyor va prodyuser James Cameron ham milliarderlar ro‘yxatiga kirgani haqida xabar tarqalgan edi. Academy Awards sovrindori bo‘lgan rejissyorning boyligi 1,1 milliard dollarga baholanmoqda.
Ma’lumki, Kemeron Titanic, Aliens, The Terminator va Avatar kabi mashhur filmlarni suratga olgan. Ushbu kinolar umumiy hisobda jahon prokatida 9 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.