date

AQSH Yaqin Sharqqa 5 ming dengiz piyodasini yubormoqda

AQSH Yaqin Sharqqa 5 ming dengiz piyodasini yubormoqda

AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy hozirligini yanada kuchaytirishga kirishdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

The Wall Street Journal'ning AQSH rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Pentagon Hormuz bo‘g‘ozida Eron tomonidan hujumlar kuchayib borayotgani sababli Yaqin Sharqqa dengiz piyodalarining ekspeditsion birlashmasi va qo‘shimcha jangovar kemalarni yo‘naltirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Pentagon rahbari Pit Hegset AQSH Markaziy qo‘mondonligining mintaqaga desant kemalari guruhining bir qismini hamda unga biriktirilgan dengiz piyodalari ekspeditsion batalyonini jo‘natish bo‘yicha iltimosini ma’qullagan.

Odatda bunday harbiy birlashma tarkibida bir nechta jangovar kema hamda taxminan 5000 nafar dengiz piyodasi bo‘ladi. Ularning asosiy vazifasi mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va ehtimoliy tahdidlarga tezkor javob qaytarishdan iborat.

Mutaxassislar fikricha, bu qadam Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora keskinlashib borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi atrofida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday to‘qnashuv dunyodagi neft yetkazib berish yo‘llariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Yaqin Sharqqa 5 ming dengiz piyodasini yubormoqda