Atambaev Putinga arg‘umoq sovg‘a qildi (Foto)

  • 05 mart 2017, 09:42
  • 7 933
  • Dunyo
  • Atambaev Putinga arg‘umoq sovg‘a qildi (Foto)

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida prezident Almazbek Atambaevdan kulrang tusli chopqir ot sovg‘aga olgan. Qirg‘iziston prezidentining rasmiy fotosuratchisi Sulton Dosaliev o‘zining Facebook’dagi sahifasiga Almazbek Atambaev va Vladimir Putin tabiat fonida chiroyli ot bilan birgalikda aks etgan suratlarni joylagan hamda "Muzokaralardan keyin...("Ala-Archa" qarorgohi, 2017 yilning 28 fevrali)" deya ilova qilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

    Ikki davlat rahbarlari Putinning Markaziy Osiyoga turnesi davomida, Bishkekda 28 fevral kuni uchrashgandi.

    Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, sovg‘a qilingan arg‘umoq qirg‘iz zotidan. Uning laqabi, jinsi hamda yoshi haqida ma’lumot yo‘q.

    "Rossiya prezidentining jonivorlarga bo‘lgan muhabbatini bilgan holda, respublika rahbari mehmonga ot sovg‘a qilish orqali uni quvontirishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin", deyilgan xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Atambaev Putinga arg‘umoq sovg‘a qildi (Foto)