Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan ayanchli teraktdan so‘ng hech qancha vaqt o‘tmay, Shvesiya poytaxti Stokgolmda shunday hodisa kuzatildi.
Faqat bu safar shahar markazidagi Drotninggatan ko‘chasida piyodalar ustiga yuk mashinasi bostirib kelgan. Bu haqda Aftonbladet nashriga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.
Stokgolm polisiyasi vakili Tuve Xegganing so‘zlariga ko‘ra, voqea natijasida jabrlanganlar bor. Mahalliy OAVning so‘nggi ma’lumotlariga qaraganda, to‘rt kishi halok bo‘lib, kamida 15 kishi jarohat olgan. Biroq bu xabar hali rasman tasdiqlanmadi.
Guvohlarning ta’kidlashicha, yuk mashinasi atayin piyodalar ustiga bostirib kelgan. Hattoki Åhlens univermagi ichiga kirishga uringan.
Stokgolmda metropoliten hamda shaharning bosh vokzali bilan bog‘lovchi temiryo‘l tarmoqlari harakati ma’lum muddatga to‘xtatilgan. Bir necha soatdan so‘ng vokzal ochilgan, metro ochilganmi yoki yo‘q, bu haqda axborot berilmagan.
Shvesiya bosh vaziri “hamma dalillar bu terakt ekanligini ko‘rsatyapti”, deb ma’lum qilgan. Shuningdek, u polisiya yuk avtmobili haydovchisini qo‘lga olgani haqida ham xabar bergan. Biroq polisiya bu xabarni butunlay rad etgan.
Polisiya sodir bo‘lgan voqea-hodisa haqida barcha ma’lumotlarni OAV vakillariga etkazish uchun matbuot anjumani tashkil etdi, deb yozadi “Novoe vremya”. Unda kapyushonli kiyim kiygan erkakning rasmi ko‘rsatilgan. Biroq uni aybdor deb atashmagan.
Keyinroq polisiya o‘zining saytida markazdagi hujum bilan bog‘liq bo‘lgan odam qo‘lga olingani haqida ma’lum qilgan. U mazkur teraktni amalga oshirganini tan olgan. Reuters’ning yozishicha, bu kishi matbuot anjumanida rasmi ko‘rsatilgan odamga o‘xshaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi