21:40 / 18.04.2017
5 301

Suriyada tinch aholiga «varvarona hujum» (foto va videolar)

Suriyada tinch aholiga «varvarona hujum» (foto va videolar)
15 aprel kuni Halab shahri yaqinida Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan buyon eng yirik va qonli terakt sodir etildi, deb xabar qiladi Kun nashri. Terrorchi xudkush mingan avtomobil Idlibdan evakuasiya qilinayotgan kishilar mingan avtobuslar karvoniga hujum qildi.

Avtobusda jangarilar nazorati ostidagi hududdan, Fua va Kefraya shia qishloqlaridan kelishuv bo‘yicha Suriya hukumati nazorati ostidagi hududga ko‘chirilayotgan kishilar mingandi.

Avtobuslar kolonnasi Rashidinda Jibrindagi qochqinlarni vaqtinchalik joylashtirish markaziga ketaverishda to‘xtagan edi.

Kolonnada jami 5000 kishi evakuasiya qilinayotgan bo‘lgan. Portlashdan so‘ng avtobuslarning bir qismi muxolifat kuchlari nazoratidagi hududda qolgan.





Portlash qurbonlari 126 nafarni tashkil qildi. Ulardan 68 nafari bolalar. 200 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.

Quyidagi videolarda portlashdan oldingi va keyingi holatlar aks etgan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada tinch aholiga «varvarona hujum» (foto va videolar)