19:27 / 26.04.2017
7 787

Peterburg metrosidagi terakt uchun javobgarlikni boshqa guruh o‘z bo‘yniga oldi

Peterburg metrosidagi terakt uchun javobgarlikni boshqa guruh o‘z bo‘yniga oldi
3 aprel kuni Sankt-Peterburgdagi metroda sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni “Al-Qoida”ga aloqador bo‘lgan “Kotiba al-Imom Shomil” (“Imom Shomil bataloni”) guruhi o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda Islom radikallarini monitoring qiladigan SITE nashriga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Terrorchilarning xabar berishicha, Akbarjon Jalilov hujumni “Al-Qoida”ning boshlig‘i Ayman az-Zavaxiriyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyrug‘i orqali amalga oshirgan. Ular yangi terakt yordamida Rossiya qo‘shinining Suriyadan chiqib ketishini talab qilgan.

“Kotiba al-Imom Shomil” haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shunga ko‘ra, bu fakt ishonarli ekaniga ham dalil keltirilmagan.

Rossiya Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining ma’lumotiga qaraganda, Qirg‘iziston terakt buyurtmachisi deya qandaydir Sirojiddin Muxtorov haqida xabar bergan. U Abu Salox al-O‘zbekiy taxallusi ostida yashirinmoqda. U “Al-Qoida” va “Jabhot an-Nusra” tashkilotlariga bog‘liq bo‘lgan terroristik guruhlar bilan aloqa qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg metrosining “Sennaya ploщad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari o‘rtasidagi portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi tan jarohati olgan. Terakt yuzazidan hozirgacha 10 kishi qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburg metrosidagi terakt uchun javobgarlikni boshqa guruh o‘z bo‘yniga oldi