Braziliyada haydovchi San-Joze-dus-Kampus shahri yaqinidagi trassani to‘sib olgan namoyishchilarni mashinada urib ketdi. Ushbu voqeaning videosi YouTube’da joylashtirildi.
Videoda mamlakatda mehnat qonunchiligi islohotlari va pensiya yoshining oshirilishiga qarshi chiqayotgan bir necha namoyishchi yo‘lni to‘sib olib, mashinalarning o‘tib ketishiga yo‘l bermayotganini ko‘rish mumkin.
Shunda haydovchilardan biri olomon orasidan o‘tib ketishga qaror qilib, odamlar tomon asta-sekin yo‘nala boshlagan. Biroq bir necha kishi mashina kapotiga tiranib olib, uning o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilgan. Shunda haydovchi gaz tepkisini keskin bosib, bir necha kishini urib, ularning ustidan o‘tib ketgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, oqibatda ikki ayol jarohat olgan. Haydovchi polisiya tomondan qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi