23:09 / 26.06.2017
6 327

Usmoniylar davlati vaqtidagi suv Evropa va AQShda sotuvga chiqariladi

Usmoniylar davlati vaqtidagi suv Evropa va AQShda sotuvga chiqariladi
Turkiyaning ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalaridan biri Çenesuyu o‘z mahsulotini Evropa davlatlari, AQSh va Xitoyda sotishga intilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ushbu suv olinadigan Izmir viloyatidagi chashmalar Usmoniylar davlati zamonlaridayoq mashhur bo‘lgan.

Çenesuyu suvining ta’mini sulton Abdulaziz (1861-1876) zamonlarida ijod qilgan shoirlar tarannum etganlar. Bu suv sultonlar saroylariga etkazilgan, Izmir aholisi Avliyo Chelebi chashmalarini "hayotbaxsh suv chashmasi" deb atashgan.

Joriy yilning dastlabki 6 oyida Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar va BAAga Çenesuyu suvidan 10 mln butilka eskport qilindi.

Eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida Çenesuyu suvi namunalari suvni etkazib berishga lisenziya olish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan 71 davlatga ekspertizaga jo‘natilgan.

Izmir viloyati Derinja tumani rahbari Ali Haydar Bulut "Anadolu" axborot agentligiga Çenesuyu savdo markasi Turkiyaning ichimlik suvi bozoridagi eng yaxshilaridan biri deb tan olinganini ma’lum qildi.

"Suv o‘z nomini Izmirdagi Chene tog‘idan olgan. Mahalliy chashmalardan olingan suv yumshoqroqdir, bu esa ularda tuzning kam miqdordaligi bilan bog‘langan", deb aytdi Bulut.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Usmoniylar davlati vaqtidagi suv Evropa va AQShda sotuvga chiqariladi