07:15 / 20.07.2017
6 289

Omskda shirakayf haydovchining mashinasini olib ketish uchun mast evakuatorchi keldi

Omskda shirakayf haydovchining mashinasini olib ketish uchun mast evakuatorchi keldi
Rossiyaning Omsk shahrida 35 yoshli sarxush haydovchini mast evakuatorchi olib ketishga urindi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Omsk yo‘llaridagi mast haydovchilarni aniqlashga qaratilgan «Hushyorlik» operasiyasi doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi avtoinspektorlari 17 iyul kuni ertalab avtomobilni shirakayf holatda boshqarayotgan 35 yoshli mahalliy fuqaroni to‘xtatdi. Erkakni transport vositasini boshqarishdan chetlatishdi, voqea joyiga esa evakuator chaqirishdi.

Ammo etib kelgan maxsus avtomobil haydovchisi ham mast bo‘lib chiqdi, buni tibbiy ko‘rik natijalari tasdiqladi. Oxir-oqibat YHXDI xodimlari ikkala haydovchiga nisbatan ham ma’muriy qoidabuzarliklar haqida bayonnomalar tuzdi.

Evakuator voqea joyidan qay tarzda evakuasiya qilingani xabar berilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Omskda shirakayf haydovchining mashinasini olib ketish uchun mast evakuatorchi keldi