Chili qirg‘oqlari yaqinidagi zilzila magnitudasi 8,3 ball bo‘lgan, aholi evakuasiya qilinmoqda

  • 17 sentyabr 2015, 12:58
  • 6 056
  • Dunyo
  • Chili qirg‘oqlari yaqinidagi zilzila magnitudasi 8,3 ball bo‘lgan, aholi evakuasiya qilinmoqda

    AQSh Geologiya markazi tomonidan aniqlik kiritilishicha, 17 sentyabrga o‘tar kechasi Tinch okeanining Chili qirg‘oqlariga yaqin hududida ro‘y bergan zilzila kuchi 8,3 ballga teng bo‘lgan.

    Bundan tashqari, zilzila o‘chog‘i 25 km chuqurlikda joylashgani aytildi.

    Dastlabki xabarda zilzila kuchi 7,9 ball, zilzila o‘chog‘i er sathidan 33 km chuqurlikda joylashgani ma’lum qilingandi.

    Reyter nashrida yozilishicha, Chili poytaxtiga ta’sir qilgan bu zilzila baland binolarni tebratgan.

    Mamlakat hukumati favqulodda holat joriy qilgan va zudlik bilan xavfli hududlardan aholini evakuasiya qilishga kirishgan.

    Biroz oldinroq, zilzila tufayli paydo bo‘ladigan sunami Chili, Ekvador va Peru hududlariga tahdid solayotgani haqida ma’lum qilingandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Chili qirg‘oqlari yaqinidagi zilzila magnitudasi 8,3 ball bo‘lgan, aholi evakuasiya qilinmoqda