Xitoyda barpo etilayotgan hamda dunyodagi eng yirik ruda tashuvchi tanker ekani ta’kidlanayotgan kema Shandun sharqiy viloyatidagi Sindao shahrida suvga tushirildi. Shu bilan unga elektr uskunalarni joylash va barcha tizimlarni yakuniy sinovdan o‘tkazish so‘nggi bosqich boshlandi. Bu haqda «TASS» agentligiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Xitoy OAV tankerni "Dengiz giganti" deb atashmoqda. Bunday deyishga kemaning 10 qavatli uy balandligiga teng kelishi sabab bo‘lmoqda. Suv sig‘imi 400 ming tonna bo‘lgan kema uzunligi 362 metrni, balandligi 30,4 metrni tashkil etadi. U 25,5 ming dengiz miligacha safar qila oladi hamda tezligini soatiga 14,5 uzlga yetkazadi. Tankerning umumiy foydali maydoni 3 ta futbol maydoniga teng.
Xitoy kelgusida 30 ta shunday kema barpo etishni rejalashtirmoqda. Xabar qilinishicha, ayni vaqtda qurilayotgan yangi tanker Braziliyadan temir rudasini keltiradi. Hozircha, uning qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi