12:40 / 30.09.2017
5 313

Moskva viloyatida 4-qavatdagi uyidan choyshablar yordamida tushishga uringan o‘smir qiz halok bo‘ldi

Moskva viloyatida 4-qavatdagi uyidan choyshablar yordamida tushishga uringan o‘smir qiz halok bo‘ldi
Moskva viloyatida choyshablar bog‘lami yordamida ko‘p qavatli uydagi kvartirasidan tushishga uringan o‘smir qiz halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Kichik farzandini maktabdan olish uchun jo‘nagan ona 14 yoshli qizni kvartirada qoldirib, ustidan berkitib ketgandi.

«Qiz choyshablardan tayyorlangan arqon yordamida kvartiradan chiqishga uringan, biroq arqon uzilib, o‘smir 4-qavatdan quladi. Olingan jarohatlar oqibatida u hodisa joyida olamdan o‘tdi», — dedi huquq-tartibot idoralaridagi manba.

Tergovchilar hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva viloyatida 4-qavatdagi uyidan choyshablar yordamida tushishga uringan o‘smir qiz halok bo‘ldi