Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Xavfsizlik Kengashi uchrashuvi doirasida Vashingtonga Donald Trampning taklifi bo‘yicha keladi. Oqo‘rda matbuot xizmati prezidentning Astana club yopiq yig‘ilishi vaqtida qilgan ma’ruzasi videosini YouTube’da joylashtirdi.
"Bizning yaqinda telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotimizda prezident Tramp menga Oq uyga tashrif buyurish taklifi bilan chiqdi. Qozog‘iston 2018 yilning 1 yanvaridan BMT Xavfsizlik Kengashida raislik qiladi, men u yerda bo‘laman. Men shu paytda Vashingtonga borishim haqida kelishib oldik. AQSh kabi yetakchi davlat bilan har doim gaplashishga mavzu topiladi", - deya aytib o‘tdi Nazarboyev.
Prezident ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda 300 dan ortiq AQSh kompaniyasi ishlaydi, ular mamlakat iqtisodiyotiga taxminan 50 mlrd. dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirishgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston bundan keyin ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish niyatida.
"Biz bu hamkorlik ham texnologiyalar, ham o‘zaro sarmoyalar bo‘yicha davom etishini istaymiz", - deya ta’kidlab o‘tdi Nazarboyev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?