15:27 / 13.01.2018
5 478

Nazarboyev Tramp bilan nimalarni muhokama qiladi?

Nazarboyev Tramp bilan nimalarni muhokama qiladi?
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda o‘tkazadigan uchrashuvida Afg‘oniston, Suriya va Rossiya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanat Kushkumboyev "Kazinform" axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

"Gap AQSh bilan hamkorligimizni keng strategik sheriklik darajasiga olib chiqish haqida bormoqda. Qo‘shma Shtatlar – mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan buyon strategik hamkorimizdir", - degan Kushkumboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat mintaqaviy va global xavfsizlik masalalarini hal etishda hamkorlik qilib keladi. "Jumladan, Afg‘oniston masalasi ham muzokaralar markazida bo‘ladi. Bundan tashqari, Suriya inqirozi, Rossiya bilan munosabatlar esa, AQShning Yevrosiyo strategiyasi nuqtainazaridan muhokama qilinadi", - degan institut rahbari o‘rinbosari.

Avval xabar berilganidek, 16-18 yanvar kunlari Qozog‘iston prezidenti N.Nazarboyevning AQShga rasmiy safari amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev Tramp bilan nimalarni muhokama qiladi?