14:42 / 06.02.2018
4 805

Ufada O‘zbekiston fuqarosi 3 yil qullikda saqlangani aniqlandi

Ufada O‘zbekiston fuqarosi 3 yil qullikda saqlangani aniqlandi
Rossiyaning Ufa shahrida yashovchi shaxslar O‘zbekistondan Rossiyaga ish izlab kelgan erkakni uch yil qullikda saqlashgan. Uni «Alternativa» qullikka qarshi harakati ko‘ngillilari qutqarishdi, deb yozmoqda Kun.uz «Takiye Dela» nashri xabariga asosan.

Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 35 yoshli migrant bir necha yil muqaddam Ufaga pul ishlab topish maqsadida kelgan. U o‘zini qurilish firmasi rahbarlari sifatida tanishtirgan shaxslar bilan tanishib qolgan. Ular erkakning hujjatlarini tortib olib, o‘zini kvartiraga qamab qo‘yishgan. U yerdan esa o‘zbekistonlik migrant har kuni qurilishda tekinga ishlash uchun olib borilgan.

Qullikda bo‘lgan migrant haqida faollar mahalliy huquq himoyachilaridan xabar topishdi. Erkak o‘ziga tahdid qilishgani tufayli politsiyaga murojaat qilmagan. «Qutqaruv amaliyotini erkak rus tilini yaxshi bilmasligi biroz mushkullashtirdi, u faqatgina o‘zini saqlashayotgan ko‘cha hamda kvartira raqamini ayta oldi. O‘sha ko‘chada esa 14 ta ko‘p qavatli uy bor! Amaliyot 1 fevraldan 2 fevralga o‘tar kechasi o‘tkazildi, unda politsiyachilar qatnashmadi», - deya aytib o‘tdi nashrga «Alternativa» yetakchisi.

Endilikda qutqarilgan migrant Rossiyada ishlashga ruxsat beruvchi hujjatning muddati o‘tib ketgani uchun jarima to‘lashi lozim. Shundan so‘ng u O‘zbekistonga qaytishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ufada O‘zbekiston fuqarosi 3 yil qullikda saqlangani aniqlandi