22:15 / 23.02.2018
4 318

Stiv Jobsning grammatik xatolarga ega rezyumesi auksionda sotiladi

Stiv Jobsning grammatik xatolarga ega rezyumesi auksionda sotiladi
Yosh Stiv Jobsning texnologiyalar sohasida ish qidirish uchun tuzilgan rezyumesi auksiondan sotiladi. Bu haqda “The Guardian”ga tayanib “Kun.uz” xabar berdi.

Bir betdan iborat bo‘lgan rezyume Jobsning o‘zi tomonidan 1973 yilda yozilgan va qator imloviy hamda punktuatsion xatolarga ega.

Masalan, u o‘z familiyasini kichik harf bilan yozgan.

Jobs rezyumeda haydovchilik guvohnomasi borligini, biroq telefoni yo‘qligini bildirgan.

Hujjatning taxminiy narxi 50 ming dollardan boshlanadi.

Auksion 8-15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, kimoshdi savdoga Jobs tomonidan 2001 yilda imzo qo‘yilgan, taxminiy narxi 25 ming dollar bo‘lgan Mac OS X texnik qo‘llanmasi va 2008 yilda gazetada chiqqan hamda imzo qo‘yilgan, Jobsning yangi iPhone bilan surati tasvirlangan, taxminiy narxi 15 ming dollar bo‘lgan maqola ham qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stiv Jobsning grammatik xatolarga ega rezyumesi auksionda sotiladi